Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida 200 km radiusdagi ob-havo hodisalari haqida ma’lumot beruvchi meteorologik radiolokator ishga tushirildi. O‘tgan yili xuddi shunday lokator Buxoro viloyatida ham o‘rnatilgandi. Bu qurilmalar O‘zbekistonda yerusti meteorologik radarlarining yagona tarmog‘ini yaratadi.
Gidrometeorologiya xizmati 13−16 avgust kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi borligi haqida ogohlantirdi. FVV aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, vazirlikning «1050» qisqa raqamiga murojaat etishni so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting